• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish institutida boʻlajak saylovlarga bagʻishlangan navbatdagi seminar-trening boʻlib oʻtdi

Tadbirni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ochdi va olib bordi.

Seminar-trening davomida bu borada malaka oshirib qaytgan trenerlar Aziz Normatov va Oybek Ahmedov tomonidan professor-oʻqituvchilar va tyutorlarga parlament hamda mahalliy kengashlarga joriy yil 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan saylovlarning oʻziga xos jihatlari, bu borada olingan bilim va tajribalarni ommaga, xususan, talaba-yoshlarga yetkazish xususiyatlari, saylov tizimida kuzatilayotgan yangiliklar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida mavzu yuzasidan savol-javoblar boʻlib oʻtdi.

NamMQI media markazi

  • Share :