Namangan muhandislik-qurilish institutida 9 dekabr — xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi
Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirok etgan davra suhbatida fakultet tyutorlari va talabalar ishtirok etdi.
Viloyat Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ahrorbek Fayzullaev, Toshkent davlat yuridik univesiteti dosenti Bahromjon Umarovlarning mavzu yuzasidan ma'ruzalari tinglandi.
Toshkent yuridik universiteti bir guruh talabalari ishtirokida viktorina tashkil etildi.
Tadbir talabalar bilan mavzu yuzasidan savol-javoblar bilan yakuniga yetdi.
NamMQI media markazi