Namangan muhandislik-qurilish institutida 2024 yilda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov olib borgan ushbu seminarda fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Tadbirda joriy yilda uning nomlanishidan kelib chiqib asosiy e'tibor qaratilishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlarga urg‘u berildi. Yoshlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilayotgan muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish usullari muhokama qilindi.
Dekan o‘rinbosarlarining joriy yilda amalga oshirishlari rejalashtirilgan tadbirlari ko‘rib chiqildi va ular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
NamMQI media markazi