Namangan muhandislik-qurilish institutida 2024 yil uchun stajyor-tadqiqotchilikka talabgorlar bilan suhbat jarayonlari boshlandi
Talabgorlar bilan institut rektori boshchiligidagi komissiya a'zolari muloqot qilmoqda.
Shuningdek, institut korrupsiyaga qarshi kurash, ichki nazorat bo‘limlari va matbuot xizmati ham jarayonni bevosita kuzatib bormoqda.
Savol-javoblar davomida talabgorlarning ilmiy ishga tayyorgarlik va til bilish darajasi, tanlagan mavzulariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
NamMQI media markazi