Namangan muhandislik-qurilish instituti yoshlar koordinatorlari zamonaviy laboratoriya faoliyati bilan tanishdi
Koordinatorlar boshchiligida Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan institut 5-binosida joylashgan, iqtidorli talaba Oyshaxon Qodirova tashabbusi bilan tashkil etilgan va tantanali tarzda ochib berilgan BIONIKA laboratoriyasiga ekskursiya amalga oshirildi.
Ekskursiya davomida talabalarga laboratoriyada mavjud boʻlgan bugungi kunning eng zamonaviy asbob-uskunalari, kuchli kompyuterlar jamlanmasi, robototexnikaning soʻnggi namunalari va u yerda yaratilgan sharoitlar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berildi.
Yoshlar kengashi aʼzolari tomonidan bu tartibdagi ekskursiyalar davomiy boʻlishi rejalashtirilgan.