Namangan muhandislik-qurilish instituti va “Manas” Qirgʻiz-turk universiteti oʻrtasida hamkorlik
Samarqandda boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston-Qirgʻiziston rektorlarining II forumi doirasida bir qator manfaatli shartnomalar imzolandi.
Jumladan, Namangan muhandislik-qurilish instituti va “Manas” Qirgʻiz-turk universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjatda professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy adabiyotlar tayyorlash va chop etish, amaliyotlarni yoʻlga qoʻyish, oliy oʻquv yurtlarida oʻtkaziladigan xalqaro anjumanlarda ishtirok etish va boshqa jihatlar oʻz aksini topgan.
Hujjatni institut tomonidan oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Q.Inoyatov, qoʻshni davlatdan esa “Manas” Qirgʻiz-turk universiteti rektori D.Alpaslan imzoladi.