Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalar turar-joyida “Mahallada duv-duv gap” ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri o‘tkazildi
“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida o‘tgan tadbirda Yangi Namangan tumani hokim o‘rinbosari A'zamjon Isaqov, tuman prokurori o‘rinbosari Sobirjon Yo‘ldoshev, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Saydullo Xoshimov, Furqat nomli mahalla raisi Saodat Xolboyeva ishtirok etdi.
Talabalar bilan ochiq muloqot davomida mahallalardagi asriy qadriyatlar, ularni asrab-avaylash va targ‘ib etish, yot g‘oyalarga berilmaslik, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish, ilm yo‘lidagi va el koriga yaraydigan mashg‘ulotlar bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lish haqida so‘z bordi.
Talaba-yoshlarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi.
Tadbirda san'atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar va yoshlarning ularga hamohang raqslari bilan yakunlandi.
NamMQI media markazi