• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharibboy Ergashevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan TABRIGI

Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharibboy Ergashevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan TABRIGI

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar, aziz talabalar!

Sizlarni 8 dekabr' — O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

Asosiy Qonunimiz qabul qilinganiga bu yil 30 yil to‘ldi. Ushbu sana barchamizga g‘urur va iftixor baxsh etgani shubhasiz.

Quvonchli tomoni shundaki, institutimizning bir guruh professor-o‘qituvchilari ushbu sana munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Ularni bu e'tibor va e'tirof bilan qutlaymiz.

Konstitusiyamizning kelgusi yubiley sanalarini ham birgalikda nishonlash nasib etsin. 

Bayram muborak bo‘lsin!

  • Share :