• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari uchun xalqaro analitik tizimlardan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Namangan muhandislik-qurilish insntituti hamkorligida Web of Science analitik tizimidan institut professor-o‘qituvchilari hamda izlanuvchilari uchun bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.

Ma’lumot uchun, Web of Science (inglizcha WoS, ilgari Web of Knowledge) - bir nechta bibliografik ma’lumotlar bazalarini o‘zida mujassamlashtirgan pullik qidiruv platformasi. Tizim 1960-yillarda ilmiymetrika asoschilaridan biri Yudjin Garfild tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy iqtiboslar indeksiga asoslangan.

WoS yetakchi ilmiy jurnallar, ilmiy kitoblar, tadqiqot maqolalari, kitob sharhlari, tezislar, tahririyat xatlari va boshqa adabiyotlarni indekslaydi. 2022 yil holatiga ko‘ra WoS 1992 yildan beri 80 dan ortiq mamlakatlarda chop etilgan 21 877 ta jurnal haqida ma’lumotni o‘z ichiga oladi.

Tizimha havolalar:

https://www.webofscience.com/ - Web of Science tizimiga kirish uchun havola;

https://mjl.clarivate.com/ - Web of Science tizimida qidiruv havolasi.

  • Share :