Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy kengashining yig‘ilishi an'anaga muvofiq erishilgan natijalar e'tirofidan boshlandi
Institut rektori Sharifjon Ergashev dosent va falsafa doktori (PhD) ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarni jamoaga tanishtirdi.
—Joriy yilning shu kuniga qadar 25 nafar vakilimiz PhD va Doctor of Science ilmiy darajalari, 11 nafari esa dosent va professor unvonlariga sazovor bo‘ldi. Bu oldingi yillarga solishtirganda katta o‘sish va bizni o‘z ustimizda yanada g‘ayrat bilan ishlashga undovchi salmoqli ko‘rsatkich, — deya ta'kidladi rektor.
Ilmiy unvon egalariga buni tasdiqlovchi hujjatlar tantanali ravishda topshirildi.
NamMQI media markazi