• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida o‘quv yili yakunlari muhokama etildi

Institut rektori Sharifjon Ergashev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda, jumladan, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, institut qoshidagi texnikum va akademik litsey direktorlarining hisobotlari tinglandi. 

Hisobotlarni tinglash jarayonida mutasaddilar faoliyatiga bevosita baho berildi, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. 

Shuningdek, davlat stipendiyalariga nomzodlarni tavsiya etish, yakuniy davlat attestatsiyasisi komissiyalari faoliyati, bakalavriatura ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalarini tasdiqlash, kafedralar bo‘yicha vakant lavozimlarga tanlovlar yakuni haqidagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Ilmiy kengashda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :