Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Yigʻilishni institut rektori Sharifjon Ergashev ochdi va olib bordi.
Yigʻilishda Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, vazirlik buyruqlari va Kengash bayonlari ijrosi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari tahlili, institutda “Oliy muhandislik maktablari" faoliyatini tashkil etish, talabalarni turar-joy bilan taʼminlash, institut moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, professor-oʻqituvchilar monografiyalarini nashrga tavsiya etish, yosh olimlarning xorijiy oliy taʼlim muassasalaridagi ilmiy stajirovkalari yakunlari toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.
Kengash koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi.
NamMQI media markazi