Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Qurilish fakultetida boʻlib oʻtgan yigʻilishni institut rektori ochdi va olib bordi.
Yigʻilishda dastlab institut jamoa shartnomasiga kiritilgan oʻzgarishlar koʻrib chiqildi va tasdiqlandi.
Shundan soʻng fakultetlarda yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi ish rejasining bajarilishi, seysmik xavfsizlik boʻyicha Prezident farmoni ilovasida tasdiqlangan yoʻl xaritasining institutda bajarilishi, oʻquv yili birinchi semestri yakunlari, kafedralar boʻyicha vakant lavozimlarga tavsiya etish haqidagi masalalar koʻrib chiqildi.
Mazkur mavzularda mutasaddilarning maʼruza va hisobotlari tinglandi.
Ilmiy kengash koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi.
NamMQI media markazi