Namangan muhandislik-qurilish instituti ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishni institut rektori Sharifjon Ergashev ochdi va olib bordi.
Yig‘ilishda talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, institut moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanish, sifatli axborot-kutubxona xizmatini yo‘lga qo‘yish va innovasion kutubxona tashkil etish, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasining bajarilishi haqidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Ilmiy kengash ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi.
NamMQI media markazi