Muhandislik kommunikatsiyalari fakultetida nomdor stipendiatlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda institut rektori Sharifjon Ergashev, fakultet dekani Fayzulla Nishonov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi xodimlari, Yoshlar ittifoqi koordinatorlari, Yoshlar akademiyasi liderlari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Institut rektori talabalarni ko‘proq bilim olishga undab, bu yo‘lda har qanday yordamga tayyor ekanini bildirdi.
Fakultet dekani Fayzulla Nishonov, institut yetakchisi Diyorbek Soataliev, nomdor stipendiatlar Ahmadjon Muxtorjonov va Oyshaxon Qodirova erishgan yutuqlari to‘g‘risida motivatsion ma'lumotlar hamda maslahatlar berishdi.
Uchrashuv ochiq suhbat tarzida davom etib, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ul va mutaxassislardan atroflicha javob olishdi. Bunday uchrashuvlarni davomiy o‘tkazish rejalashtirilgan.
NamMQI media markazi