Muhandislik kommunikasiyalari fakulteti: yil sarhisobi, kelgusi yil rejalari muhokamasi
NamMQI Muhandislik kommunikasiyalari fakulteti jamoasi ishtirokida Prezidentning Oliy Majlisga murojaati muhokamasi va yakunlanayotgan yil sarhisobi, 2023 yil rejalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda fakul'tet dekani, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar ishtirok etdi.
Tadbirda Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Nigora Abdullajonovaning Prezident murojaatnomasi mazmuni-mohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot ma'ruzasi tinglandi. Ishtirokchilar mavzu yuzasidan savollariga atroflicha javob oldi.
Shundan so‘ng kun tartibidagi boshqa masalalar muhokama qilindi. Fakultet tarkibidagi kafedralar mudirlari 2022 yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar ijrosi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi rejalar haqida axborot berdi.
Fakultet dekani Fayzulla Nishonov jamoani kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi.