Muhandislik kommunikasiyalari fakulteti dekani Fayzulla Nishonov va fakultet talabalari o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib
Unda dekan o‘rinbosarlari, fakultet tyutorlari hamda 400 nafardan ortiq talaba qatnashdi. O‘tkazilgan ochiq muloqot semester yakunlari doirasida olib borildi.
Fakul'tet dekani talabalarga ichki tartib-qoidalarga qat'iy rioya etish, o‘quv jarayonlarida uzluksiz qatnashishda mas'uliyatli bo‘lish zarurligi haqida ta'kidlab o‘tdi. Semestr yakunlarini tahlil qildi.
Dekan o‘rinbosarlari semester yakunida fanlarni o‘zlashtira olmagan talabalarga qayta topshirish uchun HEMIS platformasidan arizalarni qanday topshirish kerakligini ko‘rsatib, tushuntirib berdi. Joriy hamda oraliq nazoratlarini qayta topshirish muddatlari aytib o‘tildi.
O‘tkazilgan ochiq muloqot yakunida talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi.
NamMQI media markazi