Muhandislik eng zamonaviy, talabgor kasbga aylanib bormoqda
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov "To‘raqo‘rg‘on IES"da qurilish hamda xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat olib borayotgan muhandis-texnolog yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbirda viloyat sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Mamlakatimizda yangi barpo etilayotgan ishlab chiqarish va sanoat korxonalari soni ortgani sayin muhandis-texnologlarga ham talab kuchayib bormoqda. Shuning uchun ushbu sohalarda bilim olayotgan yoshlarga e'tibor alohida.
Pop tumanida Xitoyning" Hext Solar Energy Croup" kompaniyasi tomonidan qad rostlayotgan 500 megavattli elektr stansiyasida 1500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalarini mazkur korxonaga amaliyot o‘tash va ishga joylashtirish yuzasidan shartnoma imzolanib, 12 nafar talaba hozirda haq to‘lanadigan amaliyotni boshladi.
Viloyat hokimi Uchqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan Katta Namangan kanalida "O‘zbekgidro" AJ tomonidan GESlar kaskadi, Norin tumanida olib borilayotgan shunday toifadagi qurilishi ishlariga ham izlanuvchan yoshlar jalb etilishini bildirdi. "SUH HIGHTECH" MChJda esa ilg‘or muhandislar maktabi tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolanib, Namangan muhandislik-qurilish institutiga 84,717 million so‘mlik jihozlar beg‘araz sotib olib berildi.
Ochiq muloqotda yoshlar o‘z taklif, murojaatlarini bildirdilar.