«Milliy libos—millat ko‘zgusi»
Namangan muhandislik-qurilish institutida «Milliy libos —millat ko‘zgusi» nomi ostida o‘zbek milliy matolaridan yaratilgan kiyimlar namoyishi tashkil etildi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlar o‘rtasida milliy liboslarning o‘rni va mavqyeyini oshirish, qadriyatlarimizni targ‘ib etish bo‘ldi.
Talaba qizlar turli hududlarga xos milliy kiyim-kechaklarga ta'riflab, ularning bugungi kunda ham ahamiyati yo‘qolmaganiga urg‘u berdi.
Kiyimlar namoyishi milliy o‘lan va laparlar ijrosi bilan hamohang tarzda o‘tkazildi.
NamMQI media markazi