• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Milliy gvardiya vakillari talabalar bilan uchrashdi

Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur tadbir 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etildi. 

Uchrashuvda Milliy gvardiya Namangan viloyati boshqarmasi harbiy xizmatchilari serjantlar Nigora Jo‘raeva, Diyorbek Xolmatov, Ismoil Sirojovlar mehmon bo‘ldi. 

Tadbirni fakultet dekani o‘rinbosari Anvarjon Dehqonov olib bordi.

Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilar o‘z ish faoliyatlari, xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar, harbiy xizmatga kirish shartlari, talablari, qulayliklari hamda sharafli tomonlari haqida so‘zlab berdi.

Fakultet tyutorlari va talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mehmonlar tomonidan atroflicha javoblar oldilar.   

Yakunda mehmonlarga ushbu tadbirda ishtiroki uchun minnatdorlik bildirildi hamda fakultet jamoasi tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

  • Share :