• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO’LIMI

Bo'lim haqida

Marketing va talabalar amaliyoti bo’limning vazifasiga: Ta’lim xizmatlari bozorida Namangan muhandislik-qurilish intituti faoliyat ko’rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo’lg’usi mutaxassis shaxsiga qo’yilgan talablarni bajarishga yo’naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama-axborotni rejalashtirish va uni olg’a siljitish rag’batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalgam oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko’rsatishga o’z vaqtida tayyorgarlik ko’rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish hamda nazoratga olishdan iborat. Marketing va talabalar amaliyoti bo’limning ish rejasi: - Ta’lim xizmatlari bozorida marketing tadqiqotlarini uzluksiz amalga oshirib, ta’lim xizmatlariga qo’yilgan, ya’ni bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha bitiruvchilarning kasbiy mahoratini (malakaviy sifatlarini) o’rganish hamda ularning ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiqligini aniqlash. - Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha raqobatli ta’lim xizmatlarining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan xizmatlar bozori kon’yukturasining o’zgarishini tahlil qilish hamda yangicha rivojlanish yo’nalishlarini belgilash.  - Bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha ta’lim xizmatlari bozori va kon’yukturasiga ta’sir ko’rsatuvchi turli xil omillar (segmentlar) o’rtasidagi o’zaro aloqalarni tahlil qilish asosida bitiruvchilarni oldindan ishga taqsimlash tizimini tashkil qilish va amalga oshirish.  - Bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o’z ichiga olgan holda ishga taqsimlash ob’yektlari ta’lim xizmatlari iste’molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo’lgan tashkilotlar - davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali to’liq ma’lumotlar bankini yaratish.  - Joriy yil bitiruvchilari haqida ma’lumotlar bankini yaratish.  - Respublika va tegishli hududlar (viloyatlar) iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim (tayyorlov) yo’nalishlari yoki mutaxassisliklarini ochish, shuningdek ta’lim xizmatlari bozori talablariga javob bermaydiganlarini to’xtatish bo’yicha takliflar tayyorlash, yetarlicha ish beruvchiga ega bo’lmagan bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro’yxatini aniqlash.  - Talabalar qabuli ko’rsatkichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning mavjud ta’lim (tayyorlov) yo’nalishlari yoki mutaxassisliklarga bo’lgan talablari (buyurtm alari)ni hisobga olgan xolda davlat grantlari va to’lov-kontrakt bo’yicha joriy va istiqbolli «buyurtmalar portfeli»ni shakllantirish. - NamMQI bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo’yicha komissiyasini tashkil etish, taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo’lgan real ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini (dastlabki, aniqlashgan) ishlab chiqish va yakuniy taqsimotni o’tkazib, uning natijalari bo’yicha bitiruvchilar shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzish hamda umumlashtirish.  - NamMQI bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo’yicha komissiyasi faoliyati uchun zarur bo’lgan bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha har bir bitiruvchining reytingi va malakaviy sifatlari to’g’risida tavsifnoma, bitiruvchilarning qaysi muassasa, tashkilot yoki korxonada ishlashini xohlashiga oid anketa so’rovlari natijalari va ish beruvchilar (iste’molchilar)dan korxona yoki tashkilotdagi mavjud mehnat hamda maishiy-madaniy shart-sharoitlar, ish haki miqdorlari haqidagi ma’lumotlarni tayyorlash.  - Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va ularning joylashishiga oid barcha zaruriy hujjatlarni (ishga yuborilganlik to’g’risida yo’llanma, taqsimot komissiyasi qarori, shaxsiy taqsimot qaydnomasi) tayyorlash, rasmiylashtirish va bitiruvchilarga topshirish.  - Taqsimot komissiyasi tomonidan ishga taqsimlangan yosh mutaxassislardan tushgan arizalarini ko’rib chiqish va yechim qabul qilish, zarur va asoslangan hollarda qayta taqsimlash yoki mustaqil ishga joylashish jarayonini amalga oshirish uchun institut komissiyasiga murojaat etish.  - Ishga taqsimlangan va joylashgan bitiruvchilardan ishga yuborilganlik to’g’risidagi yo’llanmalarning bo’lagini to’liq qabul qilib olish va ularning taqsimot yoki qayta taqsimot (shu jumladan, mustaqil ishga joylashish) hamda mutaxassisligi bo’yicha korxonalar va tashkilotlar kesimida ishga joylashuvi haqida to’liq yakuniy ma’lumotlar bankini yaratish.  - Joriy yilda va o’tgan yillar davomida ishga joylashgan yosh mutaxassislar bilan kaytar alokalar o’rnatish, zaruriy hollarda ularga amaliy-uslubiy yordamlar ko’rsatish, maslaxatlar berish hamda mexnat faoliyati natijalarini umumlashtirish.  - Yangi o’quv yili qabul rejasining bajarilishi (davlat grantlari va to’lov-kontrakt bo’yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, qabul qilingan talabalar soni, ularning kurslar, ta’lim yo’nalishlari (mutaxassisliklar) bo’yicha taqsimlanishi, o’qitish tillari va h.k.) haqida ma’lumotlar bankini yaratish.  - Yangi o’quv yilida davlat grantlari asosida qabul qilingan talabalar bilan institut o’rtasida o’qishni tugatgandan so’ng ishga taqsimlangan joyida 3 yil ishlab berishi to’g’risida ikki tomonlama shartnomalar tuzish.  - Talabalarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyoti bazalarini aniqlash maqsadida korxonalar, tashkilotlar va xususiy xo’jaliklar bilan aloqalar o’rnatish hamda shartnomalar tuzish, ish beruvchilar (iste’molchilar)ning bitiruvchilar haqidagi fikrlari (e’tirozlari, yosh mutaxassisning kamchiliklari, rad qilinishi sabablari) va ta’lim sifatini oshirishga oid takliflari asosida amaldagi ta’lim mazmuniga muayyan o’zgartirishlar kiritish bo’yicha tavsiyalar tayyorlash.  - Bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha talabalarning kasbiy mahoratini oshirish va bitiruvchilarni ishga taqsimlash borasida oliy ta’lim muassasasining tegishli bo’linmalari (turli ilmiy-uslubiy kengashlar, ilmiy, o’quv-uslubiy bo’linmalar, fakultetlar, kafedralar va h.k.) bilan hamkorlik qilish, ular tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholashda ishtirok etish, umumiy marketing siyosatini amalga oshirishda barcha tegishli bo’linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish.  - Ish beruvchilar (iste’molchilar)ga axborotlar vositasida ta’sir ko’rsatish yo’llarini tanlash, ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televideniye, elektron aloka, veb-sayt) orqali bitiruvchilar to’g’risida (viloyatlar bo’yicha ta’lim yo’nalishlari, mutaxassisliklar kesimida) ma’lumotlar e’lon qilinishini, oliy ta’lim muassasasi veb-saytida joylashtirilishini, ma’lumotnomalar nashr qilish va ularning iste’molchilar (ish beruvchilar)ga yetkazilishini ta’minlash, reklamalar mazmuni, reklama modullarining xomaki nusxalari, maqolalar matnlari, video va audiotasmalar ssenariylarini tayyorlashda ishtirok etish.  - Yuqori (bitiruvchi) kurslar talabalarida kasbiy mahorat sifatlarining bakalavr (magistr) ma’lumot darajasiga va ish beruvchilar (iste’molchilar) talablariga muvofiq shakllanishi jarayonini o’rganish, tahlil qilish hamda marketing izlanishlari natijalari tahlilidan kelib chiqqan holda raqobatbardosh bitiruvchi shaxsini shakllantirish maqsadida fakultetlar,tegishli kafedralar va ilmiy, o’quv-metodik bo’limlarga buyurtmachilar (iste’molchilar) tavsiyalarini takdim etish.  - Turdosh oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha tayyorlanayotgan raqobatli bitiruvchilarning kasbiy mahorati darajasi, ularning ustunligi va kamchiligini baholash hamda o’z bitiruvchilari bilan taqqoslash.  - Institutda magistr darajali ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan extiyojni aniqlash va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining bitiruvchilarni ishga taqsimlash va yosh mutaxassislar faoliyatining monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtiruvchi maxsus komissiyasiga takdim etish.  - Kadrlarga bo’lgan real extiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash natijalari haqidagi ma’lumotlarni taalluqli vazirlik (idora)ning maxsus komissiyasi hamda ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarga davriy ravishda taqdim etish, ishga taqsimlash jarayoni nazorat rejasining bajarilishi bo’yicha Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga axborotlar taqdim etish.  - Fan-texnika yutuqlarini hisobga olgan holda hamda bakalavr va magistr bitiruvchilarning kasbiy mahorati (malakaviy sifatlari)ni yaxshilash maqsadida raqobatbardosh bo’lgusi mutaxassis shaxsini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.  - Bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha bitiruvchilarni ishga taqsimlashda yordamchi-vositachilik tuzilmalarini tanlash (hokimiyatlar, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari (bo’limlari), savdo-sanoat palatasi, agentliklar, ishonchli vakillar va h.k.) va ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish.  - Bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha bitiruvchilarning imkoniyatlari va ustunliklarini namoyish qilish maqsadida institutning respublika, mintakaviy va xalqaro ko’rgazmalar, yarmarkalarda ishtirok etishini ta’minlash, muassasa hududida ko’rgazma va vitrinali ekspozisiyalar tashkil etish.  - Imzolangan shartnomalarga muvofiq ish beruvchilarni belgilangan muddatlarda bitiruvchilar bilan ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasasining barcha tegishli bo’linmalari bilan talabalar qabuli va bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini muvofiqlashtirish.  - Institutning tegishli bo’linmalari (kengashlar, fakultetlar, kafedralar va h.k.) bilan hamkorlikda bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini davlat granti asosida bitiruvchilarning uch yil kafolatli ishlashi, shuningdek uch yillik majburiy ishlab berish shartini o’tayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy faoliyati, saviyasini oshirish borasidagi ishlar va ularning xizmat pog’onalaridan ko’tarilishiga ko’maklashish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chikish va amalga oshirish.  - Bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha bitiruvchilarni ishga taksimlash va joylashtirish, yosh mutaxassislarning mehnat faoliyati natijalari bo’yicha oliy ta’lim muassasasining ichki xisobotini yuritish va tashkil etish va h.k. 

 

  • Share :