“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiyot bayrami talabalar turar-joyida davom etdi
Tadbir oldidan mehmonlar talabalar turar-joyida yaratilgan sharoitlar, bu yerda tashkil etilgan kitoblar koʻrgazmasi, musiqa toʻgaragi va radiouzel faoliyati bilan tanishdi.
Shundan soʻng Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari, shoir Botir Ergashev, shoiralar Maʼmura Zohidova va Adiba Abdullayevaning talabalar bilan qizgʻin muloqoti boshlandi.
Ushbu muloqot mushoira va bahri baytga ulanib ketdi. Talabalar mehmonlarning sheʼrlari bilan aytiladigan qoʻshiqlarni baralla kuyladi