Kredit-modul tizimini to‘liq joriy etish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 24.11.2023-yil №507-sonli buyrug‘i 2.8-bandida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha Namangan muhandislik-qurilish instituti Qurilish fakultetida institut rektori tomonidan tasdiqlangan grafikka asosan 27.12.2023yil kuni o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini to‘liq joriy etish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi. Ushbu o‘quv seminarda O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i T.Jo‘rayev, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i muovini M.Dadamirzayev hamda institutda HEMIS axborot tizimiga mas’ul B.Siddiqovlar tomonidan fakultet professor-o‘qituvchilariga kredit-modul tizimi, ushbu tizimda yurituvdagi o‘quv-me’yoriy xujjatlar, HEMIS axborot tizimida kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar rolidagi yangi funksionallar haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. Seminar davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga javob berildi.