Korxona-tashkilotlarda 5 yil va undan ortiq faoliyatini olib borgan hamda talabalikka tavsiya etilganlar bilan suhbat tashkil etildi
Namangan muhandislik-qurilish institutida korxona- tashkilotlarda 5 yil va undan ortiq mehnat faoliyatini olib borgan hamda talabalikka tavsiya etilgan talabgorlar bilan suhbat tashkil etildi.
Suhbatda NamMQI rektori boshchiligidagi institut mutasaddilari ishtirok etdi va tavsiya etilganlar bilan muloqot olib bordi.
Onlayn translyasiya tashkillangan suhbat davomida talabgorlar bilim darajasi, dunyoqarashi, tanlayotgan yo‘nalishiga qay darajada muvofiqligi va boshqa mezonlar asosida sinovdan o‘tkazildi.
NamMQI media markazi