Koordinatorlar Samarqand sayohatida
Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining bir guruh koordinatorlari tomonidan ichki turizmni rivojlantirish maqsadida boshlangan "ScienceTour" loyihasi doirasida koʻhna Samarqand viloyatiga sayohat uyushtirildi.
Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Diyorbek Soataliyev boshchiligidagi koordinatorlar guruhi Samarqand viloyatidagi obidalar va ularning tarixi haqida maʼlumotlarga ega boʻlishmoqda.
Koordinatorlar Registon, Hazrati Hizr majmualari, Goʻri Amir, Shohi Zinda, Bibixonim maqbalari, Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov mangu qoʻnim topgan manzil, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi bilan yaqindan tanishishdi.