Kontrakt to‘laganda 12% daromad solig‘ini qaytarib olish mumkin
Kontraktdan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish uchun soliq organlariga tashrif buyurmasdan, my3.soliq.uz orqali shartnoma va to‘lov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.
“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatining yangi versiyasida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar avtomatik shakllanadi.
Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yo‘naltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad solig‘ini masofadan qaytarib olish mumkin:
- kontrakt;
- nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari;
- ipoteka kreditlari.
Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.