Kitobxonlik tadbirlari davom etmoqda
Joriy yil 5—10 dekabr kunlari “Infolib—2022” haftaligi doirasida institut axborot-resurs markazi tomonidan asosiy binoda qator tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, instituga yangi keltirilgan 100 nomdagi adabiyotlar taqdimoti, jurnallar ko‘rgazmasi, «O‘zbekistond oliy ta'lim» jurnali hamda «Jadidlar» to‘plami taqdimoti, xorijiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
«Elektron kutubxona bilan hamnafas» shiori ostida Prezident asarlari va professor-o‘qituvchilar tomonidan chop etilgan adabiyotlarga alohida e'tibor qaratildi.
Axborot-resurs markazining ushbu tadbirlari boshqa binolarda ham davom ettirilmoqda.