• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

«Kiberjinoyat qurboni bo‘lib qolmang» mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi tezkor vakili, katta leytenat Abbos Mahmudov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Anvarjon Nishonboev va sohaga doir mutaxassislar ishtirok etib, so‘nggi paytlarda kiberjinoyatga oid jinoyatlar keskin ortayotganligi, buning natijasida esa ko‘plab salbiy holatlar yuz berayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Muloqot davomida kiberjinoyatga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldi.

Suhbat so‘ngida soha xodimlari tomonidan kiberjinoyatlarga qarshi kurashish maqsadida @cyber102_bot faoliyat ko‘rsatayotgani ma’lum qilinib, unga  a’zo bo‘lib olish tavsiya etildi.

NamMQI media markazi

  • Share :