"Kelajakka qadam" loyihasi davom etadi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti tomonidan yoʻlga qoʻyilgan "Kelajakka qadam" loyihasi davom etmoqda.
Loyihaning bu galgi mehmoni "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi, NamDPI yetakchisi Masturaxon Nabixonova
Ushbu loyiha talaba-yoshlarning nomli davlat stipendiyalari uchun tayyorgarlik jarayoniga koʻmaklashish, ijtimoiy faolligi, isteʼdodi va oʻqishdagi muvaffaqiyatlari bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan yoshlar orqali ularda motivatsion kayfiyatni shakllantirishga qaratilgan.