Kasb-hunar maktabida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkillashtirildi va ma’ruzalar o‘qildi
NamMQI “Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti “Texnik tizimlarda AT” kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan kasb-hunar maktabida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkillashtirishdi va ma’ruzalar o‘qildi.
Namangan muhandislik-qurilish instituti “Muhandislik kommunikatsiyalari” fakulteti “Texnik tizimlarda AT” kafedrasi 01.06.2023 yil Namangan shahar 2-sonli kasb-hunar maktabi Informatika fani o’qituvchisi M.Rahmonaliyeva boshchiligida “Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori” yo’nalishi o’quvchilariga “Texnik tizimlarda AT” kafedrasi o’qituvchilari O.Abdullayeva, N.Abdullayeva, Sh.Nazarovalar Institutda ta’lim olayotgan talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda 2023-2024 o’quv yili bo’yicha ta’lim yo’nalishlari va hemis tizimi bo’yicha tushunchalar berib o’tdi. O’quvchilar o’zini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.