• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Kasb-hunar maktabi o‘quvchilari NamMQI bilan tanishdi

Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan shahridagi 2-kasb-hunar maktabi o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq maktabning bir guruh o‘quvchilari institut bilan tanishish maqsadida oliy o‘quv yurtiga keldi.

O‘quvchilar va ularning ustozlarini institut ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Dadaxon Dadaboev hamda yoshlar yetakchisi Diyorbek Soataliev qarshi oldi. Ular o‘quvchilarga institut tarixi va bugungi kuni, oliy o‘quv yurtidagi fakultet va yo‘nalishlar haqida batafsil ma'lumot berdi. 

Shundan so‘ng o‘quvchilar uchun NamMQI  bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiya davomida ular institut laboratoriyalari, auditoriyalari, axborot-resurs markazi va IT-markazi bilan tanishtirildi. 

O‘quvchilar ushbu safardan katta taassurot oldi, ustozlari esa bu yerga yoshlarning boshqa guruhlarini ham olib kelish istagini bildirdi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :