Jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbir o'tkazildi
2023-yil 31-may kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti 3-binosi faollar zalida Jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbir o'tkazildi. Jinoyatchilik holatlarini oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimligi mutaxassislari M.Adhamov, Z.Otayev, Yangi Namangan tumani hokimligi bosh mutaxassisi B.Erkinov, Rektor maslahatchisi A.Nishonboyev hamda Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i D.Dadabayevlar ishtirok etdilar. Tadbirda 120 nafardan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.