Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida tadbirkor bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Shaharsozlik va kommunal infratuzilmani boshqarish kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda «Mega ART proekt» MChJ direktori Ravshan Hamraev, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekani Ilhomjon Sayfullaev, kafedra mudiri Feruza Boyboboeva, professor-o‘qituvchilar va talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuvda «Mega ART proekt» rahbari o‘zi boshchilik qilayotgan jamoa, amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma'lumot berdi. Talabalarning savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.
Muloqot yakunida mazkur jamiyat bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, talabalarning bo‘sh vaqtlarida loyiha tashkilotiga borib, amaliy ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan kelishib olindi.