Iqtisodiyot kafedrasi bitiruvchilar uchun viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar” tadbirini tashkil etdi
Unda fakultetning iqtisodiyot hamda buxgalteriya hisobi va audit ta'lim yo‘nalishlarining bitiruvchi kurs talabalari faol ishtirok etdi.
Tadbirda respublikamizning soliq tizimida olib borilayotgan islohatlar bo‘yicha ma'ruzalar tinglandi va viloyat soliq boshqarmasining faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, vakant ish o‘rinlari bitiruvchilar e'tiboriga havola qilindi.