• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutda viloyatda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimalari ishtirokida gender tengligiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi

Davra suhbatini institut xotin-qizlar kengashi raisi Sohiba Otamirzayeva ochdi va olib bordi.

Muloqot davomida jamiyatda ayollarning oʻrni, gender tengligi, xotin-qizlar huquqlariga rioya etilishi masalalari muhokama qilindi. Ushbu dolzarb mavzular favqulodda vaziyatlar tizimi misolida koʻrib chiqildi.

Jumladan, sohada ishlab, yuqori natija va nufuzli lavozimlarga erishgan ayol xizmatchilar haqida hikoya qiluvchi roliklar namoyish etildi. Ishtirokchilarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi.

  • Share :