• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutda TATU professori ishtirokida ilmiy seminar boʻlib oʻtdi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil tadqiqotchisi Rashidjon Holiqnazarovning “Murakkab tuzilmaviy tashkilotlarda talablarga mos hujjatlarni dinamik shakillantirishning axborot tizimi” dissertatsiyasi mavzusida ilmiy seminar boʻlib oʻtdi.

Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan seminarda TATU professori, texnika fanlari doktori  A.Nishonov va kafedra professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Seminar davomida mustaqil tadqiqotchi dissertatsiyasi mavzusi boʻyicha oʻziga xos taqdimot oʻtkazdi. Tadbir qizgʻin savol-javob va muhokamalarga boy boʻldi.

  • Share :