Institutda O‘zLiDeP viloyat kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasidagi tadbir o‘tkazildi
Tadbirda institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov, viloyat kengashi xotin-qizlar qanoti rahbari Bonu Isoqova, partiya faoli, jurnalist Komiljon Fayziyev, partiyadan xalq deputatlari Davlatobod tuman kengashi deputati Anvarjon Isomiddinov va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida partiyaning bugungi kunda viloyatning o‘zida 80 ming nafardan ortiq a'zosi borligi, ulardan 500 nafardan ziyodi zahira kadrlar tarkibiga olingani haqida ma'lumot berib o‘tildi. Ishtirokchilar ushbu imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, partiyaning tadbirlarida faol ishtirok etishga da'vat qilindi.
Yakunda bir guruh talabalarga partiyaning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.