Institutda OAV vakillari uchun press-tur uyushtirildi
Namangan muhandislik-qurilish institutida OAV vakillari uchun press-tur uyushtirildi. Unda respublikada va viloyatda faoliyat olib borayotgan 30 ga yaqin jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Mehmonlarni institut rektori kutib oldi va bevosita muloqotda boʻldi.
Jurnalistlarga institutning bugungi kuni, ilmiy salohiyati, professor-oʻqituvchilar jamoasi va bitiruvchilari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Hindiston bilan hamkorlikdagi oʻquv xonasi, laboratoriyalar, axborot-resurs markazi tanishtirildi.
NamMQI media markazi