• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institutda muhandislik shartnomasi amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevralda “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Namangan viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Turg‘unov va Transport vazirligi Jamoat transporti boshqarmasi bosh mutaxasisi Tolakov Adhamjon boshchiligidagi ishchi guruh Namangan muhandislik qurilish institutida “Namangan shahrida jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillashtirish bosh rejasi”ni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shuningdek, kelgusida loyiha yuzasidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilanib, kelishib olindi.

  • Share :