Institutda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi xodimi Gulnoza Mahmudova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
NamMQI media markazi tashabbusi bilan tashkillangan uchrashuv avvalida Gulnoza Mahmudova haqidagi rolik namoyish etildi.
Ushbu rolikda universitetni a'lo baholarga bitirib, bugungi kunda o‘zi kabi imkoniyati cheklangan insonlarga yaqindan yordam berib kelayotgan, maktabda dars berayotgan, chizgan rasmlari va yasagan qo‘g‘irchoqlari bilan tilga tushgan, grafik dizaynerlik yo‘nalishida ish olib borayotgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan ayol haqida hikoya qilingan.
Rolik namoyishidan so‘ng Gulnoza Mahmudova va institut talaba-qizlari o‘rtasida samimiy muloqot boshlandi. Ushbu muloqot davomida mehmon tomonidan yoshlarda motivasiya uyg‘otuvchi, faollikka chorlovchi, kelajakka umid uyg‘otuvchi fikr-mulohazalar yangradi.
NamMQI media markazi