Institutda Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq-eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni oldidan o‘tkazilgan tadbirda deputatlar, OAV vakillari, fakultetlar mutasaddilari va tyutorlar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda institutning bugungi kuni, ta'lim jarayonining shafofligini ta'minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar xususida keng jamoatchilikka hisobot berildi.
Unda institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov, “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Payziev, o‘quv – uslubiy boshqarma bo‘lim boshlig‘i Muzaffar Dadamirzaevning mavzu yuzasidan ma'ruzalari tinglandi.
Ota-onalar vakillari farzandlarining aynan shu oliygohda tahsil olayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdi. Ulardan bir guruhiga tashakkurnomalar topshirildi.