Institut vakillari “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Mamlakatimizda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda. Namangan viloyatida ham sana munosabati bilan ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bugun viloyat markazidagi “Xotira maydoni”da tantanali gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Soat millari 10:00 ga yaqinlashganda maydonga viloyatdagi barcha davlat va boshqaruv idoralari, oliy o‘quv yurtlari, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari jam bo‘ldi. Namangan harbiy gornizoni askarlari saf tortdi.
Namangan viloyati hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari Shavkatjon Abdurazzoqov Qurolli kuchlarimiz tashkil topganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.
Harbiy orkestr sadolari ostida maydon to‘rida joylashgan “Motamsaro ona” haykali poyiga NamMQI rektori Sharifjon Ergashev boshchiligida institut vakillari tomonidan ham gulchambar qo‘yildi.
NamMQI media markazi