Institut talaba-yigitlari o'rtasida kurash bo'yicha "VAZIR KUBOGI" turniriga start berildi
Musobaqa Kurash federatsiyasining qonun-qoidalari asosida o'tkazilmoqda. Jamoalar tarkibi har bir fakultetdan 7 vazndagi (60, 66, 73, 81, 90, 100 hamda 100+ kg) talabalardan iborat.
Yakunda g'oliblikni qo'lga kiritgan ishtirokchilar institut rektorining darajali diplomlari va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.