Institut rektori boshchiligidagi mutasaddilar ijara xonadonlarda yashovchi talabalardan xabar oldi
Namangan muhandisli-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev Yangi Namangan tumani, Beruniy mahallasidagi xonadon va Mingchinor mahallasidagi koʻp qavatli uyda boʻlib, ijarada yashovchi Transport fakulteti talabalaridan xabar oldi.
Rektorga institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Dadajon Dadaboyev, Transport fakulteti mutasaddilari hamrohlik qildi.
Rektor xonadonlarda istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan samimiy muloqotda boʻldi. Ularning taklif va talablari, murojaatlari tinglandi. Yashash sharoitlari oʻrganildi.
“Ijara xonadonlarida yashashingiz uchun davlatimiz tomonidan barcha qulaylik va imkoniyatlar yaratib qoʻyildi. Bu imkoniyatlardan samarali foydalanasiz degan umiddaman”, — deya taʼkidladi rektor.