Institut rektori boshchiligida yoshlar masalalari bo'yicha mas'ullar bilan seminar-yig'ilishi o'tkazildi
Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev rahbarligida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor Odiljon Jakbarov, institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, psixologlar, yoshlar ittifoqi kengashi raisi va a’zolari bilan o‘quv yili yakunlari hamda iyul-avgust oylarida talabalar bilan doimiy onlayn muloqot olib borish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan tashkiliy seminar o‘tkazildi.
Seminar-yig‘ilishida ta’tildagi xodimlarning maroqli dam olishlari uchun institut tomonidan kerakli yordamlar berilishi, yangi o‘quv yiliga yangi kuch-g‘ayrat bilan qaytishlariga ko‘maklashish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.