Institut professor-o‘qituvchilari ucun Rossiyaning "Eko-Vektor" ilmiy-nazariy jurnallar portalidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
Mazkur portal tibbiyot, texnika, ijtimoiy-gumanitar, qishloq xo'jaligi va tabiiy hamda yer haqidagi fanlarning dolzarb masalalari bo'yicha elektron nashrlar va ularning manbalari bo‘yicha katta hajmdagi ma'lumotlar bazasi hisoblanadi.
Portal orqali:
- ilmiy davriy nashrlar va kitoblarni nashr etish;
- ilmiy jurnallarni nashriyot platformalariga joylashtirish;
- Elsevier, Wiley, Cambridge CDC (RFBR) ilmiy manbalariga milliy obunani tashkil etish;
- SciCraft ilmiy tadbirlari va axborot-konsalting treninglari, kurslari va vebinarlarini o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Mazkur portal ma'lumotlar bazasi 141 ta ekspertizadan o'tgan jurnallarni o'z ichiga olgan bo'lib, jumladan, uning tarkibida Scopus va Web of Science tizmiga kiritilgan jurnallar mavjud.
Platforma bilan quyidagi havola yordamida tanishish mumkin: http://journals.eco-vector.com.