Institut matbuot kotibi Toshkentda inklyuziv taʼlim boʻyicha seminar-treningda ishtirok etmoqda
NamMQI matbuot kotibi Azizbek Abduvaliyev Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarida inklyuziv taʼlimning yoritilishi” mavzusidagi seminar-treningda ishtirok etmoqda.
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi, “Yuksalish” umummilliy harakati va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkilotchi boʻlgan ushbu tadbirda inklyuziv taʼlimning bugungi kundagi holati, bu boradagi tashabbus va takliflar, ushbu tizim imkoniyatlari va samarasini keng ommaga yetkazishda OAV oʻrni muhokama qilinmoqda.
Muhokama jarayonlarida AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutasadddilari, jurnalist va blogerlar ishtirok etmoqda.
NamMQI media markazi