Institut magistranti gʻoliblar qatoridan oʻrin egalladi
Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash "Ulugʼbek" jamgʻarmasi tashabbusi bilan yoshlar oʻrtasida Mustaqilligimizning 33 yilligiga bagʻishlangan "Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlaylik" mavzusidagi insholar tanlovi eʼlon qilingan edi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri, sotsiologiya fanlari doktori, professor Mansur Bekmurodovning "O‘ylash, tafakkur qilish va fikrlash salohiyati" mavzusidagi ma’ruzasi hamda insholar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda jamgʻarma raisi, akademik Oqil Umurzoqovich Salimov qatnashib, gʻoliblarga pul mukofoti, diplom va esdalik sovgʻalarini taqdim qildi.
Quvonarlisi, institut magistranti, Besh tashabbus loyihalari koordinatori Ahmadjon Muxtorjonov tanlovda faol ishtirok etib, faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Talabamizning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!