Institut ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishni institut rektori Sharifjon Ergashev ochdi va olib bordi.
Majlisda muhandislik oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich dual ta’lim tizimi asosida tashkil qilish, prorektorlar, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, akademik litsey va texnikum direktorlarining yangi o‘quv yili uchun ish rejalarini tasdiqlash, kafedralar bo‘yicha vakant lavozimlarga tanlovlar va ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy unvonlarga tavsiya etish haqidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida institut professor-o‘qituvchilarining joriy o‘quv yilidagi faoliyati yuzasidan 110-ballik ko‘rsatkichlari bilan tanishildi, ilmiy daraja beruvchi yangi kengashlar ochish masalasi ko‘rib chiqildi.
Ilmiy kengashda ushbu masalalarni muhokama etildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.