“Bir haftada bir kitob” loyihasi doirasida “Shoh va shoir” tadbiri o‘tkazildi
Institut Axborot-resurs markazida “Bir haftada bir kitob” loyihasi doirasida “Shoh va shoir” tadbiri o‘tkazildi.
Sanoatni axborotlashtirish fakulteti bilan hamkorlikdagi tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat raisi Ziyoviddin Mansurov va shoira Ruqiya G‘ozieva taklif etildi.
Ular tavalludining 540 yilligini keng nishonlanayotgan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. Shoir g‘azallari, mehmonlarning o‘z ijodlariga mansub she'rlar yangradi.
Tadbir yakunida talabalar bilan mavzu yuzasidan jonli muloqot o‘tkazildi.
NamMQI media markazi